Buryatiyada yuk mashinasi va yengil avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, avariyada yana ikki kishi jarohatlangan.
Yo‘l-transport hodisasi quyuq tuman tufayli yo‘lda ko‘rishning qiyinlashishi oqibatida yuz bergan.
Hozirgi vaqtda politsiya hodisa sabablariga oydinlik kiritmoqda.
Izoh (0)