Moskva viloyat sudi bugun, 3-avgust kuni “GTA to‘dasi” haqidagi ish bo‘yicha hukmni e’lon qiladi, deb yozadi “Exo Moskvi”.
Besh kishi haydovchilarning ketma-ket qotilliklarida ayblanmoqda. Ish hujjatlariga ko‘ra, bu jinoyatlar o‘ta shafqatsiz va ko‘pincha ma’nosiz bo‘lgan.
Prokuratura suddan to‘rt nafar ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini, yana bir kishiga esa 25 yillik qat’iy rejimdagi koloniyani tayinlashni so‘ramoqda.
Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘da a’zolari 17 kishining o‘limiga va yana ikki kishiga nisbatan suiqasdga aloqador.
Izoh (0)