Meksika hukumati ota-onalarni o‘smirlar uchun yangi o‘yin xavfi haqida ogohlantirdi, deb yozadi The Mirror.
Momo nomli interaktiv o‘yin WhatsApp orqali tarqalmoqda. Dastlab anonim kurator ishtirokchiga zo‘ravonlik elementlari bo‘lgan qo‘rqinchli suratlarni yuboradi, so‘ng turli buyruqlarni bajarishni taklif qiladi. Agar o‘smir bosh tortsa, unga tahdidlar kela boshlaydi.
“Jinoyatchilar o‘yindan shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda foydalanishi mumkin, o‘z joniga qasd qilishga yoki zo‘ravonlikka undashi mumkin, jismoniy va ruhiy xastaliklar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin”, — dedi Meksikaning Tabasko shtati kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari.
Jurnalistlar Momo’ni Rossiyada tarqalib, o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga undagan “Ko‘k kit” o‘yiniga qiyosladi.
Argentina politsiyasi fikricha, Momo 12 yoshli mahalliy qizchaning o‘limiga sabab bo‘lgan. U o‘zini o‘z hovlisida o‘ldirishidan bir necha daqiqa avval videoga tushirgan, shu sababli politsiyachilar kimdir uni o‘z joniga qasd qilishga undagan, deb taxmin qilmoqda.
Izoh (0)