15-iyul kuni Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv foydali bo‘ldi va u bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Men Xelsinkida Vladimir Putin bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazdim. Biz hamma narsani muhokama qildik… Yaxshi til topishib ketdik”, — dedi u Pensilvaniyadagi mitingda.
Donald Tramp qo‘shimcha qildi: “Darvoqe, bu yaxshi, yomon emas. Hozir esa bizga Rossiya mistifikatsiyasi xalal bermoqda. Axir bu mistifikatsiya, shunday emasmi?”
Shu bilan birga, Amerika prezidenti AQShning bo‘lib o‘tgan sammitga munosabatini izohlar ekan, undan rossiyalik hamkasbi bilan boks matchini kutishganini aytdi.
Izoh (0)