Meksikada Aeromexico aviakompaniyasining bortida 101 kishini olib ketayotgan samolyoti halokatga uchradi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Aviahalokat Durango shtatida yuz berdi. Aviakompaniyada aniqlik kiritishlaricha, sig‘imi 100 yo‘lovchigacha bo‘lgan Embraer-190 samolyoti qulagan. Reuters xabariga ko‘ra, bortda 97 yo‘lovchi va to‘rt ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Durango shtati gubernatori o‘z Twitter’ida yozishicha, aviahalokat natijasida 80 kishi jabrlandi. Samolyot qulashi oqibatida hech kim halok bo‘lgani yo‘q.
Samolyotning halokatga uchrash sababi ayni paytda noma’lum.
Izoh (0)