Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida yashovchi ayol o‘z yaylovida yugurib ketayotgan minglab kengurularni videoga oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Videoni bir hafta ichida sakkiz yuz ming martadan ortiqroq tomosha qilishdi.
Avstraliya ramzlaridan biri hisoblangan kenguru mamlakatlarga minglab sayyohlarni jalb etsa-da, aslida ular qishloq xo‘jaligi uchun katta xavf tug‘diradi.
Video muallifining aytishicha, hududda kengurularning ko‘payib ketishi sababli mahalliy aholi bu yerda qo‘y boqa olmayapti.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Avstraliyada kengurular soni ikki baravarga ortgan va bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda. Mamlakat hududida 46 millionga yaqin kenguru hisobga olingan.
Izoh (0)