Xitoyning Guyyan shahrida joylashgan savdo markazidagi akvariumda yashagan akula bir qizchani tishlab oldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Olti yoshli Syao Li do‘konga buvisi va xolasi bilan kelgan. Qichani akula, dengiz toshbaqasi bor akvarium qiziqtirgan. Qizcha akvariumda yashovchi jonivorlarni yaxshiroq tomosha qilish uchun uning oynasiga tekkan paytda yirtqich baliqlardan biri suvdan sakrab, qizchaning qo‘liga tashlangan.
Akulaning tishlari qizchaning qo‘lida uzunligi besh santimetrga yetadigan chuqur jarohat qoldirgan. Bundan tashqari, Syao Lining o‘ng qo‘li barmoqlari to‘qqizta joydan singan.
Savdo markazi menejerining fikricha, qizchaning o‘zi akvariumga qo‘lini tiqib, hujumga sabab bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kuzatuv kameralaridagi tasvirlarda ko‘rinib turibdi. South China Morning Post tomonidan ta’kidlanishicha, video qiz aslida qo‘lini suvga tiqqan-tiqmaganligini farqlashga imkon bermaydi.
Izoh (0)