O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi 26-iyul kuni soat 16:30 atrofida Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” o‘tkazish punktida chegara naryadi harbiy xizmatchisining fuqaro bilan bo‘lib o‘tgan mojarosini o‘rganishni boshlagan.
Bu haqda Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi. Hodisa tasvirlangan videoyozuv avvalroq internetda paydo bo‘lgan edi.
“Batafsil tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning yakunlari bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘riladi”, — deyiladi Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati axborotida.
Izoh (0)