O‘zbekiston va Belarus tibbiy buyumlar chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Belarus Farmatsevtika sanoati departamenti direktori o‘rinbosari — mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi iqtisodiyot va marketing boshqarmasi boshlig‘i Viktor Shein ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Qo‘shma korxona haqidagi muzokaralarni ayni paytda O‘zbekistonda “Belfarmprom” xoldingi va “Frebor” UK —Borisovskiy tibbiyot vositalari zavodining infuzion-transfuzion tizimlar, qon quyish qurilmalari, zondlar, drenaj qurilmaar va dializ uchun boshqa tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi sho‘ba korxonasi rahbariyati olib bormoqda.
“Korxonalarning bir qismini O‘zbekistonda qo‘shma korxona ochish yo‘li bilan ko‘chirishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Viktor Shein.
Uning qayd etishicha, Belarus tomoni bunday sxema bo‘yicha Gruziya, Tojikiston kabi boshqa mamlakatlardagi bozorlarda ham ishlamoqchi.
Izoh (0)