“Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Bo‘lib o‘tgan so‘nggi voqealar haqida juda ko‘p o‘yladim va Germaniya terma jamoasida boshqa o‘ynamaslikka qaror qildim Men irqchilik va adolatsiz munosabatni his etyapman. Milliy terma jamoa libosini g‘urur va xursandchilik bilan kiydim, ammo hozir bunday emas. Bu qarorni qabul qilish men uchun o‘ta qiyin bo‘ldi. Men doimo jamoadagi sheriklarim, murabbiylar va Germaniya xalqi uchun borimni berib o‘ynadim. Ammo nemis futbol uyushmasining yuqori martabali amaldorlari turkiy ildizlarimni hurmat qilmasdan, kaminani siyosiy targ‘ibotda ayblashi-da qoniqtirmaydi. Bu mening futbol o‘ynashimning asl sababi emas. Va bunga chidab o‘tirmoqchi emasman. Irqchilikni qabul qilish mumkin emas”,—deb yozadi O‘zil.
Eslatib o‘tamiz, O‘zil Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘gon bilan suratga tushganidan so‘ng qattiq tanqid ostiga olindi.
So‘ngra futbolchi harakatlarining siyosatga hech qanday bog‘liq joyi yo‘qligi borasida izoh bergandi.
Ma’lumot uchun Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasida shu kunga qadar 58 uchrashuv o‘tkazib, 18 ta gol urishga erishgan. O‘zil Germaniya terma jamoasi bilan 2014-yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)