21-iyul kuni Olmaota shahrida 25 yoshli figurali uchuvchi Denis Ten bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Meduza.
Shahardagi muz saroyi oldiga sportchi bilan vidolashish uchun yuzlab odamlar yig‘ildi.
Figurali uchuvchi Denis Ten 25 yoshida vafot etdi. Ten Sochi Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. 19-iyul kuni ikki noma’lum kimsa uning avtomobili ko‘zgusini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Sportchi buni ko‘rib qolib, ularga qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda o‘g‘rilar sportchiga pichoq bilan zarba bergan. Shifokorlar Tenning hayotini saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishgan, biroq sportchi olingan jarohatdan halok bo‘lgan.
Izoh (0)