Stokgolmda yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan va 5 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosini “Kumla” qamoqxonasining maxsus bo‘limida o‘taydi. Bu haqda Shvetsiyaning SVT telekanali ma’lum qildi.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Oqilov hibsdan qochishga urinishi mumkin, shu sababli u Shvetsiyaning eng qattiq tartibli qamoqxonasiga joylashtirildi.
Oqilov boshqa mahbuslarga g‘oyalarini “yuqtirmasligi” uchun unga qamoqdagilar bilan muloqot qilish man etildi.
Izoh (0)