• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ochiq savollar. Mutasaddilar nega ularga javob berishdan o‘zini olib qochmoqda?

    Person Hunters MChJ direktori Jahongir Muhammadjonov mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozoridagi muammolar, kompaniya duch kelayotgan muammolarni “Daryo” bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Mehnat.uz”

    Foto: “Mehnat.uz”

    Shunday qilib, xorijga ishchilarni yuboradigan kompaniyalarga litsenziya berish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Juz’iy tuzatishlar ham kiritildi, tadbirkorlar qarshi chiqqan asosiy bandlar – xorijdagi ishchilarni himoya qilish jamg‘armasiga 50 000 dollar o‘tkazish va kompaniya Ustav jamg‘armasining miqdori 100 000 dollar bo‘lishi haqidagi bandlar qoldirildi. Biz — Person Hunters kompaniyasining xodimlari tez orada hisobot davrida litsenziya olishi kerak bo‘lgan agentliklar sonini diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Reyestr hamma uchun ochiq bo‘ladi, degan umiddamiz. O‘zimiz esa hozircha chekkada turishni ma’qul ko‘rdik, chunki yangi qonun bo‘yicha tadbirkor uchun tushunarsiz bo‘lgan va o‘zini oqlamaydigan tavakkallar juda ko‘p. Konsalting bo‘yicha faoliyatimizni davom ettiramiz. Vazirlikdan litsenziya yoki akkreditatsiya olish shunchaki “kvest” emas, balki o‘tib bo‘lmas bosqichga aylangan.

    Akkreditatsiyani qanday olganimiz haqida

    O‘tgan yil iyul oyida VMning № 246-sonli qarori kuchga kirgan edi. Uning maqsadi mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorini rivojlanirishdan iborat. Uzoq kutilgan hamda mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilarini rivojlantirish sharoitlarini yaratish uchun juda zarur bo‘lgan qonun. Biroq bu qonun loyihasining ijrosi nima bo‘lyapti? 2017-yil sentyabr oyida bizning “Profi Staff Samarkand” MChJ tashkilotimiz Person Hunters brendi ostida xodimlarni mehnat muhofazasi mutaxassislari — mehnat muhofazasi sohasidagi bozor ishtirokchilari sifatida o‘qitishga ariza berdi. Biz shartnoma tuzdik va ta’lim haqini (bir kishi uchun eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida) to‘lab, 72 soatlik dastur bo‘yicha o‘qidik. Ta’lim yakunlariga ko‘ra muayyan mavzularda referatlar bajarildi va himoya qilindi (referat hajmi kamida 25 bosma varaq), testdan o‘tildi, to‘rt kishidan iborat malaka komissiyasiga og‘zaki imtihon topshirildi (chiptada mehnat muhofazasiga doir barcha qonunchilik, normativ-texnik va sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha beshta savol o‘rin olgan).

    Muayyan muddat o‘tganidan keyin bizga VMning № 246-sonli qaroriga 2-ilova talablariga javob beradigan sertifikatlar topshirildi. Demak, yuqorida ko‘rsatilgan VMning qarorida belgilangan barcha talablar bajarildi; zarur bilimlarga ega bo‘lindi, 4 nafar xodimimiz mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis sertifikatini oldi, normativ-ma’lumot hujjatlar bazasi taqdim etildi.

    Sertifikat — keraksiz qog‘oz

    Foto: Person Hunters

    Foto: Person Hunters

    2017-yil dekabr oyida biz tashkilotimizni Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining Yagona reyestriga kiritish uchun hujjatlar to‘plamini taqdim etdik. Qizig‘i shu yerda boshlandi: dastavval bizga laboratoriyaga akkreditatsiya taqdim etmaganimizni bildirishdi, ammo reyestrga kirish uchun berilgan arizada mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazmasligimiz va shu bois bizda laboratoriya yo‘qligi va bo‘lmasligi aniq ko‘rsatilgandi. Eski “o‘yinlar”: xatlarimizga javob bermay qo‘yishdi (telefonda esa javob pochta orqali yuborilganini aytishdi, biroq ma’lum bo‘lishicha, javoblarni yuborishmagan ham, ular hamon devonxonada yotibdi). Keyin bizga reyestrga kirish va akkreditatsiyadan o‘tish uchun imtihon topshirishimiz kerakligini bildirishdi. “Qanday imtihon, axir biz bu bosqichdan o‘tganmiz, qo‘limizda VMning qarori talablariga javob beruvchi sertifikatlar bor-ku”?, degan savolimizga quyidagi javobni oldik. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘limizdagi sertifikatlar takror imtihondan o‘tish huquqini beruvchi sertifikatlar ekan, ularning hech qanday kuchi yo‘qmish, umuman olganda esa, ular oddiy “qog‘oz” deyishdi. Ya’ni hukumat qarori bilan tasdiqlangan sertifikat hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan oddiy “qog‘oz”mi?

    Bizning foydamizga qaror chiqargan sud ham yordam bermadi

    2018-yil may oyida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudiga da’vo arizasini berdik. Adliya vazirligi bilan maslahatlashuvlardan keyin sud biz haq ekanimiz, Bandlik vazirligi bizdan VMning qarorida belgilanmagan jarayonlarni bajarishni noqonuniy talab qilayotgani haqida qaror chiqardi. Ammo sud qarori ham vazirlik uchun “bekorchi gap” bo‘lib chiqdi.

    Natijasiz uchrashuvlar

    Shundan so‘ng biz vazirlikning mas’ul xodimlari bilan ikki marta uchrashdik, ammo gapimiz qovushmadi. “Takror imtihon topshirish nega kerak, bu qaysi hujjat bilan belgilangan?” degan savollarni berdik. Dastavval bizga korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlash huquqini beradigan 36 soatlik dastur bo‘yicha o‘qiganlik to‘g‘risidagi sertifikat adashib berilganini ayishdi. Biroq korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis lavozimini tasdiqlash uchun malakaviy talablar Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi kollegiyasining 2016-yil 28-yanvardagi 1-sonli qarori bilan qabul qilingan va joriy etilgan. Bizga bir hafta, ko‘pi bilan 10 kun ichida sertifikatlarimiz boshqasiga, ya’ni keyingi jarayonlar (reyestrga kiritish va hokazo) bilan olgan ta’limimizga to‘g‘ri keladiganlariga almashtirib berilishini aytishdi. Uchrashuv iyun oyining boshida o‘tkazilgandi. Keyingi uchrashuvimizda esa biz bilan gaplashgan o‘sha xodim ishdan bo‘shagani ma’lum bo‘ldi. U bizga aytgan gaplar haqida esa hech kimning xabari yo‘q va shu bois hech kim javob bermas emish.

    21-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvni vazirning birinchi o‘rinbosari olib bordi. Ko‘rsatilgan noqulayliklar uchun bizdan uzr so‘rashdi va ma’naviy zarar kompensatsiyasi sifatida navbatsiz va (diqqat qiling!) eng kam ish haqining ikki barobari miqdoridagi davlat bojini to‘lamasdan imtihon topshirishni taklif qilishdi. VMning № 246-sonli qarori, 28-band: Yagona reyestrga kiritishga arizalarni ko‘rib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun to‘lov undirilmaydi. Bu to‘lov qayerda va kim tomonidan belgilangan?

    Xulosa

    Biz sertifikat olgan kundan boshlab o‘tgan 8 oy ichida mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni olib borishga shartnomalar tuzilmagani sababli jiddiy moliyaviy zarar ko‘rdik. Eng muhimi, ular sanoatimiz va iqtisodiyotimiz rivojiga o‘z mablag‘larini yo‘naltirish istagida bo‘lgan xorijiy investorlar edi. Ularga bu holatni qanday tushuntiraylik?

    O‘qishni o‘tadikmi — HA, imtihonlarni topshirdikmi — HA, sertifikatlar bormi — HA, unda nega ishlash mumkinmas? Tajribasi bor odamlar ishlashni xohlaydi, MEHNAT MUHOFAZASI — murakkab soha, unda odamlarga pul osmondan tushmaydi, uni o‘zining bilimi va amaliy tajribasi bilan ishlab topadi. Bularning ortida esa o‘z mehnati bilan mamlakat uchun moddiy ne’matlar yaratayotgan insonlarning hayoti va sog‘lig‘i turibdi.

    23.07.2018, 14:16   Izoh (0)   14404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Prezident huzuridagi bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha vakil ish boshlaydi

    23.07.2018, 14:02

    Shavkat Mirziyoyev: “Kollejni bitirgan bola ariza yoza olmaydi” (video)

    23.07.2018, 13:50

    Toshkent shahar IIBB YHXB yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rmoqda

    23.07.2018, 13:25

    Gidrotexnika inshootlari hududi chegarasida obyektlar qurish taqiqlandi

    23.07.2018, 12:48

    Facebook’da Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning rasmiy sahifasi ish boshladi

    23.07.2018, 12:12

    Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentini Inqilob kuni bilan tabrikladi

    23.07.2018, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.