Gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.
Hujjatga asosan, gidrotexnika inshootlari sirasiga to‘g‘onlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv omborlari qirg‘oqlarini, daryolar va kanallar o‘zanlarining qirg‘oqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‘rab turuvchi inshootlar (ko‘tarmalar) kiritilgan.
Quyidagilar taqiqlanmoqda:
- inshootlar hududi chegarasida obyektlar qurish;
- inshootlar hududiga begona transport vositalarining kirishi;
- tozalanmagan oqova va boshqa suvlarni suv manbalariga tashlash;
- inshoot akvatoriyasida joylashgan yaqin hududlarda cho‘milish.
Izoh (0)