19-iyul kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kanadaning O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Jon Ronald Kyorni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda barcha jabhalarda ikki tomonlama aloqalarning ijobiy o‘sishi kuzatilganligi qayd etildi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar, turistik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Izoh (0)