Kecha, 15-iyul kuni Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga chiqib, o‘zining professional boksdagi 5 g‘alabasini tantana qildi. MOQ matbuot xizmati jangdan so‘ng bokschi bilan suhbatlashdi.
“Birinchi navbatda menga muxlislik qilgan va qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman. Sizlarning qo‘llashingiz men uchun juda muhim, ayniqsa mana shunday kuchli raqibga qarshi rigga chiqqanimda. Jang qiyin bo‘ldi. Ammo menga juda yoqdi. Raqib tajribali, baland bo‘yli va yaxshi tayyorgarlikka ega edi. Bunday bokschiga qarshi ringga chiqish va uni mag‘lub etish kishini yanada ruhlantiradi, qolaversa, ulkan tajriba taqdim etadi. Murabbiylarim bilan jangga reja ishlab chiqqandik. Ko‘rsatmalarni to‘liq bajara oldim va g‘alaba qozondim”, – dedi Fazliddin.
Izoh (0)