Kecha, 15-iyul sanasida futbol bo‘yicha XXI Jahon Chempionati yakuniga yetdi.
Fransiya terma jamoasi Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Dunyoning ko‘plab mashhur shaxslari final o‘yinini bevosita stadiondan turib kuzatib bordi.
Jumladan, Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovichlar stadionda bo‘ldi.
Izoh (0)