Kecha, 15-iyul sanasida futbol bo‘yicha XXI Jahon Chempionati yakuniga yetdi.
Fransiya terma jamoasi Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru JCh—2018 da noyob natija qayd etdi.
Unga ko‘ra Rossiyadagi mundialda 7 ta o‘yinda 546 daqiqa harakat qilgan “Chelsi” hujumchisi raqiblar darvozasiga biror marta aniq zarba bermagan.
U gol ura olmadi, ammo nimchorak finalning Argentinaga qarshi o‘yinida Kilian Mbappega golli uzatma berib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.
Ma’lumot uchun Jahon Chempionati to‘purarligi 6 ta gol urgan Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keynga nasib etdi.
Izoh (0)