Rossiyaning sayyoralararo stansiyalar yaratish sohasidagi asosiy kompaniyasi “NPO Lavochkina”ning mutaxassislari asteroidlarda foydali qazilmalarni qazib olish uchun sayyoralararo transport moduliga qo‘yiladigan talablarni aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kompaniyaning xabariga ko‘ra, asteroidalarning sanoat maqsadida o‘zlashtirilishida dastlabki bosqichda elektr dvigatelli sayyoralararo transport modulidan foydalanish kerak.
Bunday modul dvigatel qurilmasi, yoqilg‘i baki, hayotni ta’minlovchi, aloqa va ulanish tizimlariga ega bo‘lishi kerak. Vazifaga bog‘liq holda, modul qo‘shimcha ravishda asteroidaga qo‘nish va joylashish qurilmalari, qazuvchi kombaynni mustahkamlash uchun mexanizmlar, rudalarni tashish uchun konteynerlar va resurslarni Yerga “sochish” uchun tushirish apparatlari bilan jihozlanishi mumkin.
Transport moduli orqali asteroiddagi qazuvchi kombaynni energiya bilan ta’minlash va boshqarish taklif qilinmoqda.
Izoh (0)