Yerdan 11 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan Ross 128b sayyorasi tuprog‘ining tarkibi Yerniki bilan bir xil va uning iqlimi yumshoq. Bu mazkur sayyora yuzasida hayot mavjudligi imkoniyatlarini oshiradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Braziliya milliy observatoriyasi olimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur sayyorani Yerning to‘liq egizagi deb atash mumkin bo‘lmasa ham, unda yumshoq iqlim hukmronlik qilmoqda va suyuq suv bo‘lishi kerak.
Bir yil oldin olimlar Ross 128 yulduzini kuzatish chog‘ida Yerga juda o‘xshash bo‘lgan sayyorani topgan. U ko‘p jihatdan Yerga yaqin — massasi Yer massasidan 1,3 marta ko‘proq va Yerga nisbatan 1,4 marta ko‘proq yorug‘lik qabul qiladi.
Izoh (0)