Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani hokimligi hudud suvsiz qolgani haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bu haqda “Nuz.uz” ma’lum qildi.
“Butun Mo‘ynoq suvsiz qolgani yo‘q. Bu butunlay yolg‘on xabar. Bizning hisobimizga ko‘ra, ayni paytda shahardagi xonadonlarning 3 foizidagina suv bilan ta’minlanishda muammo mavjud. Texnik jihatdan bu me’yoriy holat hisoblanadi. Lekin biz uchun har bir uy, har bir oila muhim, shu bois shahar ma’muriyati suv ta’minoti tizimidagi kamchilikni bartaraf etish uchun tezkor choaralarni ko‘rmoqda", — dedi tuman hokimi Saylovboy Doniyorov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muammo relyefning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq: shaharning ayrim tumanlarida quvurlardagi bosimning pastligi tufayli suv iste’molchilargacha yetib bormayapti.
Tegishli manzillarga ta’mirlash guruhlari yo‘l olgan. Hokimlik yaqin vaqt ichida suv ta’minotini to‘liq tiklashga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, Mo‘ynoqda qiymati 26,6 milliard so‘mlik suv quvuri o‘tgan yili ishga tushirilgandi.
Izoh (0)