• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shuhrat Sheraliyev: O‘zbekiston va AQSh energetika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida

    Energetika mamlakat iqtisodiyotining asosiy tayanchi hisoblanadi. O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari ayni sohada ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston AQShning Sky Power Global va General Electric kabi yirik energetika kompaniyalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan, deb yozmoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zA muxbirining “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyev bilan suhbati O‘zbekistonda energiya samaradorligini ta’minlash, muqobil energiyani rivojlantirishda mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida bo‘ldi. Quyida ushbu suhbat to‘laligicha taqdim etiladi.

    – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va Amerikaning General Electric kompaniyasi o‘rtasida bitimlar imzolangan edi. Ushbu kelishuv haqida ma’lumot bersangiz?

    – Tashrif doirasida “O‘zbekenergo” AJ va General Electric kompaniyasi o‘rtasida imzolangan bitimlar “Toshkent IES" (issiqlik elektr stansiyasi) hududidagi bug‘-gaz qurilmasi negizida yangi H-turli turbinalarni qo‘llash orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari hududida yuqori kulli ko‘mirni yoqish evaziga elektr energiyasini ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash va qurishni o‘z ichiga oladi.

    Kelishuvga muvofiq General Electric kompaniyasi “Toshkent IES”da quvvati 370 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha asosiy uskunalarning yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, mazkur kompaniya “Taxiatosh IES”da quvvati 230—280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasiga ko‘ra, GT1, GT2 gaz turbinalari uskunalari va generatorini yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan.

    Qayd etish joizki, bugungi kunda General Electric kompaniyasi ko‘magida “Toshkent IES” bug‘-gaz qurilmasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 370 MVtga yetdi. Bu mamlakatimiz energiya tizimini rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikning amaliy natijasidir.

    – “Toshkent IES“ hududidagi bug‘-gaz qurilmasi negizida General Electric kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan yangi texnologiyalar qanchalik samarador?

    – Hamkorlarimiz sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etishda dunyoda yetakchilardan hisoblanadi. Chunonchi, bizga taklif etilayotgan siklli elektrostansiyalar gaz va bug‘ turbinalari, generatorlar, utilizatsiya qozonlari, elektrostansiyalarni boshqarish tizimlari va ijtimoiy tizimlar kabi uskunalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Kombinatsiyalangan barcha siklli energobloklar 62 foizdan ortiq foydali ish koeffitsiyentiga ega. Ayni vaqtda qurilmalar ustida General Electric’ning tajriba maydonida o‘tkazilayotgan sinovlar muvaffaqiyatli davom etmoqda.

    General Electric kompaniyasi Fransiyaning Bushen elektrostansiyasida ishga tushirgan 9 HA seriyasidagi uskunalari yuqori foydali ish koeffitsiyentiga ega ekani bilan Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan. “Toshkent IES” bug‘-gaz qurilmasi negizidagi yangi texnologiyalar ham ana shunday yuqori samaradorlikka ega bo‘lishiga ishonamiz.

    – "O‘zbekenergo” bilan General Electric o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida nima deya olasiz?

    – O‘tgan yilning sentyabr oyida “O‘zbekenergo” AJ rahbariyati bilan General Electric kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy direktori Bela Ferensi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida “O‘zbekenergo” AJning quvvati 450—650 MVtga teng bug‘-gaz qurilmasini qo‘shimcha o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida General Electric prezidenti va bosh ijrochi direktori Ron Polletning mamlakatimizga tashrifi doirasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga oid qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, kelgusida “Toshkent IES”da quvvati 660 MVtga teng GE H toifadagi turbinalar asosida bug‘-gaz qurilmasi bunyod etiladi.

    – “O‘zbekenergo” jahonning yirik muqobil energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Sky Power Global bilan ham aloqa o‘rnatgan. Ayni hamkorlik mamlakatimizda quyosh energiyasini ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yishda munosib qadam bo‘la oladimi?

    – Diyorimizda yilning o‘rtacha 320 kuni quyoshli ekanini inobatga olsak, mamlakatimiz quyosh energetikasidan foydalanish bo‘yicha katta salohiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda quyosh energiyasidan foydalanish orqali 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng quvvat ishlab chiqarilishi mumkin.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida quyosh energetikasi imkoniyatlarini o‘zlashtirishga qaratilgan texnologik bazalarni ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, tashkilotimiz bilan Sky Power Global kompaniyasi o‘rtasida 2018 yilning 19 aprelida “Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida” imzolangan bitim ham ana shu jarayon mahsulidir.

    Ushbu bitimga muvofiq Sky Power Global kompaniyasi “O‘zbekistonda umumiy quvvati 1000 MVtga teng fotoelektrik quyosh energiyasi stansiyasi obyektlarini loyihalashtirish, moliyalashtirish, bunyod etish, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish” loyihasini amalga oshirish uchun 1,3 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qiladi. Natijada yaqin 4 yilda mamlakatimizdagi yirik fotoelektr stansiyalari soni sezilarli ortadi.

    Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbarining AQShga tashrifi, Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuvlar yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish bilan birga, energetika sohasida hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini yaratdi.

    11.07.2018, 23:33   Izoh (0)   10437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini keskin oshiradi

    11.07.2018, 22:54

    O‘zbekistonda aliment to‘lamaslik 15 sutka qamoqqa sabab bo‘ladi

    11.07.2018, 22:32

    O‘zbekistonga kelgan turistlar soni ikki baravarga oshdi

    11.07.2018, 22:07

    Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining 100 yilligiga bag‘ishlab xalqaro harbiy-ilmiy anjuman o‘tkazildi (foto)

    11.07.2018, 21:42

    “Arzon uy”larning narxi keskin oshdi. Toshkentda ijtimoiy himoyaga, uy-joyga muhtoj aholi qolmadimi?

    11.07.2018, 20:55

    Senat bir oylik harbiy xizmatni isloh qilish va chaqiruv yoshini kichraytirishni taklif qilmoqda

    11.07.2018, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.