Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Lazizxon O‘zbekov finalda hindistonlik Laysharam Meyteyga qarshi gilamga chiqdi va raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Lazizxon jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun mazkur jahon chempionatida erkin kurash bo‘yicha Jamshid Marufov oltin, Shahboz Komilov bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Yunon-rum kurashida esa Abror Atabayev oltin, Amir Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)