Bugun, 9-iyun sanasida futbol bo‘yicha 2018-yilgi O‘zbekiston Kubogining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a marosimi Sport-TV’da jonli efirda namoyish etildi.
Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Paxtakor” — “Lokomotiv”
“Andijon” — “Bunyodkor”
AGMK — “Mash’al”
“Qo‘qon-1912” — “Qizilqum”
Chorak final bahslari 17 va 18-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Yarim final bahslari esa 27-sentyabrga belgilangan. Yarim final bellashuvlari ham qolganlari kabi faqatgina 1 ta o‘yindan iborat bo‘ladi (uy-safar emas). Bu bosqich uchun ham alohida qur’a marosimi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)