Yaponiyadan jala tufayli kelib chiqqan suv toshqinlari hamda yer ko‘chishlari qurbonlari soni 81 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yaponiya hukumatining ma’lumot berishicha, mudofaa, politsiya va yong‘in xavfsizligi xizmatining 48 ming nafar xodimi jabrlanuvchilarini qutqarish ishlarini olib bormoqda. Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe sel tufayli talafot ko‘rgan hududlarning o‘ta qiyin ahvolda qolganini ma’lum qilgan.
6-iyul, juma kuni Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida sel kuzatilgan. Meteorologiya xizmati boshqarmasi 7 ta prefekturada tabiiy ofat tufayli favqulodda holat e’lon qilgan. Ushbu prefekturalarda sellar bir necha o‘n yilda bir yuz beradi.
Yaponiya telekompaniyasi tomonidan vertolyotdan tasvirga olingan kadrlarga qaraganda, Okayama prefekturasida vaziyat ayniqsa og‘ir. Bu yerda katta hududlarni egallagan turar-joylar suv ostida qolgan. Ayrim joylarda suv uylarning ikkinchi qavatigacha ko‘tarilgan.
Oldinroq qurbonlar soni 17 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega ta’ziya bildirgan edi.
Izoh (0)