Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi suv toshqini qurbonlari soni 17 kishini tashkil qildi. Shuningdek, 50 kishi bedarak yo‘qoldi.
Izoh (0)