Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya va Belgiyada 30-iyun, shanba kuni Parijning chekka qismida bo‘lib o‘tgan Eron muxolifat partiyasining yirik syezdida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Bu haqda ikki mamlakat rasmiylariga tayanib, Xalqaro fransuz radiosi xabar bermoqda, deb yozadi EADaily.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Belgiya federal prokuraturasi o‘tgan shanba, 30-iyun kuni Bryusselda er-xotin qo‘lga olinganligini ma’lum qilgan. Ularning mashinasidan 500 gramm peroksid atseton va alangalanuvchi qurilma topilgan. Qo‘lga olinganlar S.Amir va N.Nasimeh — kelib chiqishi eronlik bo‘lgan belgiyaliklarni terrorizm bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan Antverpen sudi hibsga oldi.

Ular so‘l radikal “Eron xalqi mujohidlar tashkiloti” partiyasining 30-iyun kuni Vilpentda bo‘lib o‘tgan konferensiyasida terakt tayyorlashda gumonlanmoqda. Tehron bu tashkilotni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi. Konferensiyaga 25 mingga yaqin odam to‘plangan.

Qo‘lga olingan er-xotin Eronning Venadagi elchixonasi xodimi A.Assadulloh bilan aloqada bo‘lgan. U Germaniyada qo‘lga olingan.

Keyinroq Fransiyada shu ish doirasida yana uch kishi qo‘lga olinganligi ma’lum bo‘ldi. Surishtiruvchilar ular Belgiyada qo‘lga olinganlar bilan qanday aloqada bo‘lganligini aniqlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)