Surxondaryo viloyati IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 29-iyun kuni 2018-yil uchun mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan Jarqo‘rg‘on shahrining “Surxon-sohili” mahalla fuqarolar yig‘inida maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Ushbu tadbirda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jangovar shaylik darajasi oshirilib, Jarqo‘rg‘on shahar hududini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida shaxsiy tarkib tomonidan to‘g‘ri qaror qabul qilishi, belgilangan nuqtalarda postlarda xizmat olib borishlari, IIVning maxsus rejalariga asosan ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirilishi barcha shaxsiy tarkibga o‘quv mashg‘uloti davomida o‘rgatildi.
Shu qatorda o‘quv mashg‘uloti davomida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi tomonidan rejalarga asosan vazifalarni bajarishlari yuzasidan nazariy mashg‘ulot o‘tkazilib, shaxsiy tarkibning jangovar shaylik darajasi oshirildi.
Izoh (0)