Toshkent shahar IIBB Axborot-multimedia markazi jurnalistlar uchun YHXBga sayohat uyushtirdi.
Boshqarma kommunikatsion texnologiyalar bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Murodov OAV vakillariga tizim faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Jurnalistlar kompyuterlashtirilgan tizimning afzalliklari, xususan, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarlik holatlarining qayd etilishi, xodimlarning yo‘l harakatini boshqarish tartibi va chorrahalardagi svetoforlar ishini boshqarish tizimi bilan tanishdi.
Shuningdek, sohadagi eng so‘nggi texnologik yangiliklar ham namoyish etildi.
Izoh (0)