Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi X.X. Nexia mashinasini “Toshkent—Xorazm” yo‘lining 412-kilometrida, Buxoro viloyatining Romitan tumanida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
YTH oqibatida ikki ayol — 61 yoshli Sh.Sh. va 59 yoshli D.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri — Sh.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)