Markaziy bank raqamli banklar, NFC, blokcheyn va valyuta ayirboshlash shoxobchalariga o‘tilishi haqida xabar berdi, deb yozmoqda Spot.
Ma’lum qilinishicha, raqamli banklarga o‘tish uchun jismoniy shaxslar bo‘lgan mijozlarni masofadan identifikatsiya qilish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bu tizimga o‘tilishi uchun Markaziy bank ikkita yo‘nalishda ish olib bormoqda:
Birinchisi — banklar o‘rtasida Markaziy bankning shlyuzi orqali “Elektron hukumat” (“Jismoniy shaxslarning markaziy bazasi”) tizimi yordamida elektron aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
Ikkinchi yo‘nalish — banklarning mobil dasturlarini ishlab chiqish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish. Mobil dasturiga ega banklar soni kun sayin ortib bormoqda. 13 ta bank onlayn hissadorlik xizmatini taklif qilmoqda. 2018-yil yanvar oyida 1 tagina bank bu xizmatni joriy qilgan edi.
Shuningdek, kontaktsiz to‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Xususan, NFC-texnologiyalarini joriy qilish uchun terminallarni bu texnologiya bilan ishlashga moslashtirish rejalashtirilmoqda.
2018-yil noyabriga qadar valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishga tushiriladi. Shoxobchalar valyutani ayirboshlash imkonini beradigan avtomatlashtirilgan tizim tarzida ishlaydi.
Izoh (0)