Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joriy yilning 20-iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yil 7-dekabr kuni Olmazor tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.S. ismli ayol va Uchtepa tumanida yashovchi muqaddam sudlangan L.A.larning firibgarligi haqida IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati xabar beradi.
Xabarga ko‘ra, Mikrokreditbank binosi oldida Yakkasaroy tumanida yashovchi M.I. ismli ayolga 50 million so‘m pulini plastik kartaga rasmiylashtirib, unga 60 million so‘m miqdorda tushurib berishlarini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.S. va L.A.lar ushlanganlar.
Izoh (0)