«O‘zavtosanoat» AJ va Janubiy Koreyaning Jeonju universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish va malaka oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv har ikki davlatda o‘zaro mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish natijasida ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmati xabar beradi.
Memorandum «O‘zavtosanoat» AJ va Jeonju universiteti bilan bog‘liq ta’lim dasturlarida o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni ko‘zda tutadi. Ma’muriy xodimlar va o‘qituvchilarning bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun amalga oshiriladigan o‘quv dasturlari va qo‘shma loyihalar shular jumlasidandir.
Jeonju universiteti muntazam ravishda Janubiy Koreyadagi Top-90 talikdan joy oluvchi xususiy oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Universitet Chonju shahrida joylashgan shahar tipidagi kampus-talabalar shaharchasiga ham ega.
Izoh (0)