Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida dafn marosimlarida “yig‘lab berish” va marsiyalar kuylash “kasb”lari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Nur.kz”. Eng hayratlanarli tomoni shundaki, ularning xizmatlariga talab katta.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

“Yig‘lab beruvchi” ayollar asosan qishloqlarda yashaydi. Ular gazetalarga reklama, e’lon bermaydi, shunga qaramay, ularni izlab kelishadi.

Bunday “kasb”larning paydo bo‘lishiga qadimiy an’analarning unutilib borayotgani sababchi bo‘lmoqda, deyiladi xabarda. Ma’lum bo‘lishicha, dafn marosimlarida ijro etiladigan marsiyalarni hozirda oddiy odamlar bilmaydi, shunday holatlarda marsiya kuylab beruvchi ayollarni qidirishga to‘g‘ri kelmoqda.

“Yig‘lab beruvchi” ayollarga yaxshi pul to‘lashadi. Ba’zilar sovg‘a beradi, ro‘mol, kamzul, to‘n, hatto, qoramol hadya qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak