• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi: Xususiy tibbiyot muassasalariga akusherlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmagan

    Kuni kecha internet tarmog‘ida Samarqand shahrida bundan bir yarim yil avval, ya’ni 2017-yil boshida sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan Nargiz Xamdamovna Sanaxanova boshqaruvidagi xususiy “tug‘uruqxona” aniqlangani haqida xabarlar e’lon qilindi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi, avvalo, shuni ma’lum qiladiki, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun tug‘uruqni qabul qilish faoliyati taqiqlangan tibbiy faoliyat turi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu me’yor qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilgan. Shu bois, ushbu ixtisoslik turi bo‘yicha litsenziya ham berilmaydi. Xususiy tibbiyot tashkilotlarining bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi esa, noqonuniy faoliyat sifatida baholanib, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

    — Samarqand shahrida joylashgan Nargiz Sanaxanova boshqaruvidagi “Sam so’zani plus” xususiy tibbiyot muassasasi litsenziyada ko‘rsatilmagan tug‘uruqni qabul qilish faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun litsenziyasining amal qilishi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan sud tartibida uch marta tugatilgan, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nodavlat tashkilotlarining tibbiy faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Rahimqulov. — Sog‘liqni saqlash vazirligi har gal bunday noqonuniy holat aniqlanganda, o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib, litsenziya talab va shartlarini qo‘pol buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan qat’iy choralar ko‘rilishini talab qilib kelgan. Natijada tashkilotning mas’ul shaxslariga nisbatan sud tomonidan dastlab ma’muriy, so‘ngra esa jinoiy jazolar qo‘llanilgan.

    Litsenziyasining amal qilishi sud tratibida tugatilgach, tashkilotning litsenziya olish uchun qilingan murojaatlariga ko‘ra, qonunda ko‘zda tutilgan me’yorlarga asosan “Sam so’zani plus” xususiy tibbiyot muassasasiga qayta litsenziya berilgan. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu muasasada tug‘uruqni qabul qilish bilan bog‘liq faoliyat qattiq nazoratga olinganidan so‘ng, tashkilot xodimlari chaqaloqlarni sotish uchun yangi usulni — homilani sun’iy yo‘l bilan tushirish orqali bolani muddatidan oldin tug‘dirib, go‘yoki onani xavfli vaziyatdan saqlab qolganlik niqobi ostida o‘z niyatlarini amalga oshirganlar.

    Biroq ularning bu jinoyati ham fosh etildi. 2016-yilning oxirida Sog‘liqni saqlash vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida klinikada noqonuniy holatlar yuzaga kelgani takroran aniqlangan.

    Ma’lum bo‘lishicha, aksariyat hollarda “Sam so’zani plus” xususiy tibbiyot muassasasi birlamchi bo‘g‘inda hisobda turishdan qochgan, hech bir tibbiyot muassasasida nazoratda bo‘lmagan homilador ayollarni tug‘dirib, taqiqlangan tibbiy xizmat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

    Shundan so‘ng, “Sam so’zani plus” xususiy tibbiyot muassasasiga 2015-yilda berilgan 7087-00-raqamli litsenziyaning amal qilishi Samarqand viloyat xo‘jalik sudining 2017-yil 19-yanvardagi hal qiluv qarori bilan to‘rtinchi bor tugatildi. Tekshirish materiallari prokuraturaga taqdim etilgan. Muassasaning mas’ul shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shundan buyon “Sam so’zani plus” MChJga tibbiy faoliyat uchun litsenziya qayta berilmadi.

    — Xususiy tibbiyot muassasalariga akusherlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmagan, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova. — Bu cheklovlar tegishli qonunchilik hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Xusususiy tibbiyot muassasalari faqat ginekologiya tibbiy ixtisosligi doirasidagina faoliyat olib borishi mumkin. Soddaroq qilib aytganda, ginekologiya – bu faqat ayol kishi organizmiga xos bo‘lgan kasalliklarni davolaydigan tibbiy ixtisoslik turi hisoblanadi. Akusherlik esa ayol kishida bo‘ladigan homiladorlik, tug‘ish jarayoni va tug‘uruqdan keyingi holatni o‘rganuvchi va tibbiy yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslikdir. Ko‘rinib turibdiki, xomilani to‘xtatish (abort qilish) bu akusherlik ixtisosligiga tegishli aralashuvdir. Shu sababdan homilani to‘xtatishni faqat akusherlik bo‘yicha faoliyat yuritadigan davlat tibbiy muassasasi amalga oshirishi lozim.

    Ro‘y bergan noqonuniy holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishdagi tegishli normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirishni, xususiy tibbiyot tashkiloti faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishni, litsenziya so‘rab murojaat qiluvchi shaxslarga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish, ayniqsa, faoliyati to‘xtatilgan xususiy klinikaga qayta litsenziya berish tartibi va shartlarini qat’iylashtirish kerakligini ko‘rsatadi. Gap inson salomatligi va hayoti haqida borar ekan, bunda har bir masalaga chuqur yondashish va qat’iy talablar asosida ishlash lozim.

    19.06.2018, 22:10   Izoh (0)   19243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ispaniya O‘zbekistonga 150 mln yevro miqdorida imtiyozli kreditlar ajratadi

    19.06.2018, 20:21

    Sirdaryoda Nexia va GAZ-53 to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

    19.06.2018, 19:39

    O‘zbekistonda adliya idoralarining eng namunali xodimlarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda

    19.06.2018, 19:25

    Respublika ishchi guruhi Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida 7600 ta muammo aniqlandi

    19.06.2018, 19:09

    Aziz Abduhakimov YuNESKO bosh direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi

    19.06.2018, 18:54

    Fototanqid: G‘uzordagi betartiblikni kim tartibga oladi?

    19.06.2018, 18:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.