FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Serbiya terma jamoasi sardori Aleksandr Kolarov Kosta-Rikaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limda aynan Aleksandr Kolarov tomonidan hal etildi. “Roma” himoyachisi 57-daqiqa jarima zarbasini golga aylantirib, Keylor Navasni ojiz qoldirdi.
Shu tariqa Serbiya Jahon Chempionatini g‘alaba bilan boshlab, “E” guruhi peshqadami bo‘lib oldi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvi bugun tunda, 23:00 Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasida kechadi.
Izoh (0)