Bugun, 17-iyun sanasida Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining 1-turi davom ettiriladi.
Kunning dastlabki o‘yini “E” guruhidan o‘rin olgan Kosta-Rika va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv 17:00 da boshlanishi belgilangan. Uchrashuvni Malang Diyedxiu boshchiligidagi senegallik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Mazkur o‘yinda O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov Jahon Chempionatlari tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik komissar sifatida ishlaydi.
Qayd etish lozim, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan biror mutaxassis mundialda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.
Jahon Chempionati
“E” guruhi, 1-tur bellashuvlari
17-iyun, yakshanba
Izoh (0)