Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi 5-jangini 14-iyul kuni AQShda o‘tkazadi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
“Lakefront Arena” saroyi mezbonlik qiladigan jang oqshomida o‘zbekistonlik bokschi aqshlik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun Fazliddin G‘oibnazarov bunga qadar professional boksda 4 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasida nokaut bilan). Jonson esa bungacha 5 ta jangda ringga chiqqan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4 tasi nokaut).
Izoh (0)