13-iyun kuni Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi N.M. uyi oldida qo‘shnisi T.M. bilan mojaroga bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U o‘zaro janjal asnosida qo‘shnisining ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazib, voqea joyidan yashirinadi.
Olgan jarohati sabab T.M. kasalxonaga keltirilganida vafot etdi. Ko‘rilgan choralar natijasida N.M. ushlandi.
Izoh (0)