Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyadagi cherkovlardan birining tavba-tazarru kabinasida bir necha o‘n ming yevro topildi. Topilma bilan politsiya qiziqmoqda, deb xabar beradi Premier nashri.

Foto: Premier

Foto: Premier

Pullar Vatikandan bir necha yuz metr uzoqlikda joylashgan Santa-Mariya-delle-Gratsiye-alle-Fornachi-fuori-Porta-Kavallejeri ibodatxonasida muassasa xizmatchisi tomonidan topilgan. Avliyo ota o‘rindig‘ining tagida 50 yevrolik banknotalar bilan to‘ldirilgan ikkita sumka bo‘lgan. Ularning ichida jami 36 ming yevro bo‘lgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, banknotalar yangi bo‘lgan, kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali noma’lum kishi xayriya qilmoqchi bo‘lgani yoki pullardan qutulmoqchi bo‘lganini aniqlashga harakat qilingan.

Agar politsiya pullar noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganini aniqlasa, ular musodara qilinadi. Agar bunday bo‘lmasa, politsiya ularning avvalgi egasini va u nima uchun pullarni tashlab ketganini aniqlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi