Amerikalik olimlar guruhi Somon Yo‘li galaktikasining vaznini aniqladi. Yangi tadqiqot vaqtida olingan ko‘rsatkich Quyosh vaznining 960 milliard martasiga teng. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, astrofiziklar avvalroq galaktika atrofida aylanuvchi kichik obyektlar harakati parametrlariga tayanib, uning vaznini aniqlagan. Biroq vazn va obyektlarning Somon Yo‘lidan turli uzoqdaligi sababli natijalar aniq bo‘lmagan.
Yakunda olimlar 700 milliarddan ikki trillion Quyosh vaznigacha diapazon orasidagi natijalarni qo‘lga kiritgan.
Arizona universiteti olimlari o‘z hisob-kitoblarini Somon Yo‘li atrofida aylanuvchi obyektlarning burchak lahzalariga asoslagan. Mazkur ko‘rsatkichlar galaktika va obyektlar o‘rtasidagi masofaga bog‘liq emas. Shuning uchun natija yuqori aniqlikka ega.
Izoh (0)