Hozirgina, Rossiyadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining 1-uchrashuvi yakuniga yetdi.
Unda mezbon Rossiya termasi Osiyo qit’asi vakili Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Yuriy Gazinskiy hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning 43-daqiqasida esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Denis Cherishev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida o‘yinga qo‘shilganiga endigina 89-soniya bo‘lgan Artyom Zyuba Golovinning uzatmasini golga aylantirdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida esa Denis Cherishev chiroyli gol urishga erishdi. Oradan hech qancha o‘tmay, Aleksandr Golovin jarima zarbasini golga aylantirib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ma’lumot uchun “Daryo” ushbu o‘yindan matnli onlayn translyatsiya olib bordi.
“A” guruhining ikkinchi uchrashuvi ertaga Urugvay—Misr o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Jahon Chempionati
“A” guruhi, 1-tur bellashuvi
14-iyun, payshanba
Rossiya — Saudiya Arabistoni 5:0
Gollar: 1:0 – 12 Gazinskiy, 2:0 – 43 Cherishev, 3:0 – 71 Zyuba, 4:0 – 90 Cherishev, 5:0 – 90 Golovin.Rossiya: 1.Igor Akinfeyev, 2.Mario Fernandes, 3.Ilya Kutepov, 4.Sergey Ignashevich, 18.Yuriy Jirkov, 11.Roman Zobnin, 8.Yuriy Gazinskiy, 9.Alan Zagoyev (6.Denis Cherishev, 22), 19.Aleksandr Samedov (Daler Kuzyayev, 64), 17.Aleksandr Golovin, 10.Fedor Smolov (Artyom Zyuba, 70)
Saudiya Arabistoni: 1.Abdulloh al-Mayuf, 3.Osama Xavsavi, 5.Omar Xavsavi, 6.Muhammad al-Burayk, 7.Salmon al-Faraj, 8.Yahyo al-Shehri, 10.Muhammad al-Sahlavi, 13.Yosir al-Shahroni, 14.Abdulloh Otayf (Fahad al-Muvallad, 64), 17.Taysir al-Jassim, 18.Salim al-Davsari.
Ogohlantirishlar: Aleksandr Golovin 88, Taysir al-Jassim 90+2.
Izoh (0)