Islom taraqqiyoti banki guruhiga kiruvchi Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi va Asia Alliance Bank savdoni “Murabaha” tamoyili bo‘yicha moliyalashtirish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma’lum qilindi, deb yozadi Spot.
“Bu Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasining O‘zbekistondagi ilk operatsiyasidir. U mart oyida imzolangan 100 million dollarlik hadli bitimni amalga oshirishni ochib beradi”, — deyiladi xabarda.
Hadli bitim doirasida O‘zbekiston kompaniyalari eksportoldi moliyalashtirish, asosiy xom ashyo va istalgan boshqa tovarlar importi, shuningdek, eksport bo‘yicha boshqa operatsiyalarni moliyalashtirish uchun qisqa muddatli kreditlar olishi mumkin.
Asia Alliance Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidjon Hakimov kelishuv bankning O‘zbekistonda islom savdo moliyalashtirish bozori rivojlanishining asosiy ishtirokchisi sifatidagi maqomini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Izoh (0)