Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 10-iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Naqqoshlik ko‘chasida yashovchi Sh.N. va N.I. o‘tgan yil noyabr oyidan shu kungacha Novza-Qozirobod ko‘chasida yashovchi B.Sh. va uning oila a’zolariga zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan tahdid qilib, yashayotgan uyini topshirishini talab qilib kelgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ular 2017-yil noyabr oyida N.I.ning uyiga B.Sh.ni chaqirib zo‘rlik ishlatgan holda undan go‘yoki uyini sotganligi va evaziga 30 ming dollar olganligi to‘g‘risida yozma tilxat oladi.
Agarda uyni bo‘shatib bermasa shu tilxat asosida jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, uyni ularga berishga majbur qiladi.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.N.va N.I. ushlandi.
Izoh (0)