“Daily-Motor.ru” nashri tahririyati Rossiya avtobozoridagi avtomobil kompaniyalari prays-listlarini tahlil qilib, 2018-yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, Rossiyadagi eng arzon yangi xorijiy avtorusumlarni aniqladi.
Reytingda, o‘tgan oydagi kabi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon R2 ixcham xetchbeki yetakchilik qilmoqda. 85,1 ot kuchiga teng benzinli motor va “avtomatli” model Rossiyada 439 ming rubl (taxminan 7000 dollar)ga taklif qilinmoqda.
Ikkinchi o‘rinda O‘zbekistonning yana bir avtomobili — Ravon Nexia sedani joylashdi. Uning 1,5 litrli benzinli motorli versiyasi 449 ming rubl (7150 dollar)dan sotilmoqda.
Shuningdek, yuqori beshlikka Xitoyning Brilliance H230 sedani (459 ming rubl — 7300 dollar), Datsun on-DO sedani (461 ming rubl — 7350 dollar) va Xitoyning FAW Oley sedani (491 ming rubl — 7820 dollar) kirdi.
Izoh (0)