• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tuman adliya bo‘limlari qanday faoliyat yuritmoqda?

    O‘zA Milliy axborot agentligi O‘zbekistonda tuman adliya bo‘limlari qanday faoliyat yuritayotgani borasida maqola tayyorlab chop etdi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Uchrashuvga taklif qilishganida zerikarli ma’ruzaxonlikdir, deb borgim kelmagandi. Lekin bu safar vaqtim zoye ketmadi...

    Bu kattaqo‘rg‘onlik fuqaro Sunnat Ro‘ziyevning fikrlari.

    Gap shundaki, Qattaqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi xodimlari bu kishi yashaydigan Katta ming mahallasida uchrashuv o‘tkazgan. Sunnat aka uchrashuvda ko‘plab foydali huquqiy axborotlar, yangiliklardan xabardor bo‘lish bilan birga adliya xodimlariga oylik maoshini vaqtida ololmayotganini bildirgan. Unga shu yerning o‘zida mehnat huquqlari tushuntirilgan. Ertasi kuni ishxonasiga borib vaziyatni o‘rganishgan. Adliya xodimlari aralashuvi bilan Sunnat aka va uning hamkasblari oylik maoshlarini vaqtida ola boshlagan.

    – Prezident farmoni bilan tumanlarda tashkil etilgan adliya bo‘limlari fuqarolarga huquqlarini tushuntirish bilan cheklanib qolmay, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘makchiga aylanmoqda, – deydi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i Xudoyor Meliyev. – Muhimi, aholi viloyat markaziga yuzlab chaqirim yo‘l bosib ovora bo‘lib borishlariga chek qo‘yildi. Chunki oldin adliyaning quyi tizimi viloyat adliya boshqarmalari edi. Ayni paytda esa mamlakatimiz bo‘yicha 200 ta tuman va shahar adliya bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

    Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanidan Samarqand shahar markaziga, ya’ni adliya boshqarmasiga yetib borish uchun yuz chaqirim masofani bosib o‘tish kerak bo‘lar, bunga taxminan 1—1,5 soat vaqt ketardi. Shu kuni ishi bitsa yaxshi, bitmasa yana ortga ravona bo‘lish, ba’zan arzimagan bitta hujjat uchun yana shuncha chaqirim yo‘l bosib uyga qaytishga majbur bo‘lardi odamlar.

    Tuman adliya bo‘limlari tashkil etilgani fuqarolarning muammolarini shu yerning o‘zida bartaraf etishga imkon yaratdi.

    – Tumanimizda adliya bo‘limi tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmadi, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Hakimov. – Ammo qisqa fursatda 33 fuqaroning muammosi hal qilindi. Sir emas, odamlarimiz ko‘p hollarda huquqiy bilim yetishmasligi, qayerga murojaat qilishni bilmasligi tufayli sarson bo‘lardi. Ba’zan shunday muammolar bo‘ladiki, ularni sud orqali hal qilish kerak. Sud ishlari esa ma’lum miqdorda davlat bojini talab qiladi. Shuningdek, biron muammoga huquqiy tushuntirish berishda advokat xizmati ko‘rsatilishi uchun ham haq to‘lash kerak. Adliya bo‘limlarining tashkil etilgani esa odamlar uchun ham huquqiy jihatdan, ham iqtisodiy jihatdan katta qulaylik yaratdi.

    Masalan, fuqarolar murojaati yuzasidan sudga da’vo arizalari adliya bo‘limlari tomonidan kiritiladi. Bu – fuqarodan iqtisodiy chiqim talab qilinmaydi, degani. Yoki huquqiy targ‘ibot yo‘nalishini olaylik. Bugungi kungacha 1 ming 641 normativ-huquqiy hujjat davlat idoralariga yetkazildi. Demak, shuncha hujjatdan davlat idoralari xabardor qilindi. Bu o‘sha idorada xodimlar qonunchilikdagi yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lganini anglatadi. Bu esa ularning kelgusida fuqarolar bilan ishlashda eskirgan, ya’ni o‘z kuchini yo‘qotgan qonun hujjatlaridan foydalanmasligi uchun muhim bo‘lib, jamiyatda davlat idoralari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xato kamayishida muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, odamlarda davlat idoralariga ishonch paydo bo‘ladi. Yana bir gap. Muammolar qachon yaqqol ko‘zga tashlanadi? Odamlar dilidagini qachon ochiq-oydin ayta olsa. Bu borada adliya bo‘limi sayyor qabullar davomida ko‘plab muammolarni o‘rganib, odamlarga zarur huquqiy tushuntirishlar bermoqda. Ko‘plab muammolar shu tariqa joyida bartaraf etilayotir. Ba’zi muammolar yuzasidan tekshiruvlar, ba’zilari yuzasidan esa sudga da’vo ariza kiritildi.

    Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi bosh yuriskonsulti Kamoliddin Ahmedovning qayd etishicha, adliya bo‘limidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniyati paydo bo‘lgan. Bu esa faoliyatimizda xato va kamchiliklar kelib chiqishining oldini olmoqda. Tumanda jinoyatchilik, huquqbuzarlik kabi illatlarning oldini olishda ham adliya bo‘limlarining faoliyati muhim. Bunda tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bunday imkoniyat fuqarolarning qonunlarga hurmatini, adolatni qaror topishiga ishonchini mustahkamlaydi.

    – Adliya bo‘limining tashkil etilganligidan xursandmiz, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumani “Katta ming” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Elhomiddin Sharipov. – Fuqarolar u yoki bu masalada mahalla idorasiga murojaat etganlarida bu masala yuzasidan huquqiy maslahat beruvchi mutaxassislarning yetarli emasligi sababli ular o‘z muammolariga yechim topa olmay sarson bo‘lar va yuqori tashkilotlarga murojaat etishiga to‘g‘ri kelardi. Endilikda tumanimizda adliya bo‘limi xodimlarining ish olib borishlari uchun imkoniyat yaratilgani ovoragarchiliklarga barham beryapti. Mahallamiz aholisi soni hozirgi kunda 2,5 mingga yaqin. Ularning o‘ziga yarasha muammolari bor. Eng muhimi, adliya bo‘limi xodimlari uyma-uy yurib, muammolarga yechim topishga harakat qilishyapti. Biz esa bundan juda minnatdormiz.

    Tuman adliya bo‘limlarining xalq ichiga shu tariqa chuqur kirib borayotgani muammolarni joyida hal etishga, odamlarning hayotdan rozi bo‘lishlariga sharoit yaratayotgani quvonarli.

    01.06.2018, 09:16   Izoh (0)   10693
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonning Baliqchi tumanidagi holat: qishloqda gaz balloni — hayot-mamot masalasi

    01.06.2018, 09:09

    O‘zbekistonda imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibi tubdan takomillashtiriladi

    01.06.2018, 08:31

    O‘zbekiston 2017-yilda 26,8 ming yengil avtomobil eksport qildi

    01.06.2018, 08:21

    Ishtixonda 82 yoshli otaxonning uyidan 56 kg ko‘knori topildi

    01.06.2018, 07:47

    “Forish” tog‘ poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida navbatdagi musobaqa o‘tkazildi

    01.06.2018, 07:03

    O‘zbekistonda 2017-yili Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 50 mlrd so‘m sarflandi

    01.06.2018, 06:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.