ISHID jangarilari Suriyaning Xoms viloyatidagi Palmira shahriga hujum boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Al-Masdar News agentligi manbasiga ko‘ra, jangarilar Badiya tumani hududida hukumat kuchlari marralariga hujum qilgan va Palmiraga o‘tish uchun qamalni yorib o‘tishga uringan.
Jumladan, qachonlardir ISHIDning mazkur mintaqadagi tayanch punkti hisoblangan Xamima tumanida qo‘shinlarga hujum uyushtirilgan.
Hozirda tomonlar o‘rtasida qaqshatqich janglar ketayotgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)