Kuni kecha, 28-may kuni kechqurun Afg‘onistonning shimoliy Taxor viloyatining Xojagar tumani toliblarning ommaviy hujumiga uchradi, deb yozadi EADaily.
Isyonchilar tumanning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qismini egallab oldi.
Tuman rahbari Muhammad Umar qo‘shimcha kuchlar bo‘lmagan taqdirda toliblar butun Xojagarni egallab olishi xavfi mavjud bo‘lganligini ma’lum qildi. Rasmiy hisobotlarda huquq-tartibot organlari tomonidan yo‘qotishlar haqidagi ma’lumot yo‘q, biroq “Tolibon” vakillari tartib qo‘riqchilari jiddiy zarar ko‘rganligini ta’kidlamoqda.
Viloyat politsiyasi rahbari o‘rinbosari polkovnik Nizomiddin G‘uriy hozirgi paytga kelib qo‘shimcha kuch tumanga yetib kelganligi va yaqin vaqt ichida dushman hujumi qaytarilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)