Afg‘oniston maxsus topshiriqli bo‘linmasining sharqiy Nangarxar viloyatidagi operatsiyasi davomida xizmatdagi mahalliy politsiya va tinch aholi, jumladan, mamlakat parlamenti yuqori palatasi raisining qarindoshlari halok bo‘ldi. Bu haqda 29-may kuni mahalliy hokimiyat vakillari ma’lum qildi, deb yozadi EADaily.
Fojia 28-may kuni kechqurun Chaparxar tumanida yuz berdi. Maxsus operatsiya ishtirokchilarining turar joyni o‘qqa tutishi senatorning qarindoshlari bo‘lgan to‘qqiz kishining o‘limiga olib keldi.
Tirik qolganlarning so‘zlariga qaraganda, ular IShID jangarilarining hujumiga uchraganligini taxmin qilgan. Halok bo‘lganlardan biri mahalliy politsiya komandiri bo‘lgan. Bundan tashqari, yana sakkiz kishi jarohat olgan.
Hozirgi paytda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)