2018-yil 3-aprel kuni Sirdaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan noqonuniy telefon tarmog‘ini tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi, 1989-yili tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, vaqtinchalik ishsiz X.B. axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda internet orqali IP telefon tarmog‘ini ishga tushirgan. U aholiga xorij bilan telefon aloqalarini ulab berish va turli axborotlarni yuborish bilan shug‘ullangan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 278/1-1 bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)